O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-mart kungi PQ-5386-sonli "Obod qishloq", "Obod mahalla" davlat dasturlari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19-dekabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo'ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4067-sonli qarorini ijrosini ta'minlash bo'yicha Farg‘ona viloyat “Suvoqava” davlat unitar korxonasi tomonidan qilingan ishlar ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR
Farg‘ona viloyat “Suvoqava” davlat unitar korxonasi tomonidan viloyat aholisi va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan ichimlik va oqava suv xizmatlari va korxonaning xizmat ko‘rsatish soxasidagi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR
Korxona 1957 yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Uzvodokanal”ning birlashtirish bo‘yicha 09 sentyabr 1988 yildagi №401-sonli ishlab chiqarish buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyat “Vodokanal” ishlab chiqarish boshqarmasi barpo etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi Vazirligining 1992 yil 25 oktyabr kungi №28-son farmoyishiga asosan Farg‘ona viloyat “Vodokanal” ishlab chiqarish boshqarmasi nomi Farg‘ona viloyat “Suvoqava” ishlab chiqarish boshqarmasi nomiga o‘zgartirildi.
Farg‘ona shahar hokimining 2008 yil 9 sentyabr kungi №589-sonli farmoyishiga asosan Farg‘ona viloyat “Suvoqava” davlat ishlab chiqarish boshqarmasi nomi ostida faoliyat yurgizdi.
Viloyat hokimining 2013 yil 18 fevral kungi №42-son qaroriga asosan esa Farg‘ona viloyat “Suvoqava” davlat boshqarmasi nomiga o‘zgartirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 30 oktyabr kungi №306-sonli va viloyat hokimining 2015 yil №242-sonli qarorlariga asosan Farg‘ona viloyatida tarkibida 15 ta tuman va 4 ta shahar filiallaridan iborat yagona “Suvoqava” davlat unitar korxonasi (DUK) tashkil qilinib, unda xozirgi kunda jami 1646 nafar ishchi hodimlar mehnat qilib, shundan 305 nafari ayollarni tashkil etadi.
Viloyat “Suvoqava” DUK viloyat aholi va tashkilotlariga ichimlik suv etkazib berish va oqava suvlarni qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-sonli qarori asosida xizmatlarni amalga oshirib kelmoqda.
Ishlab chiqarish va ichimlik suv va oqava suv ta’minoti faoliyati bo‘yicha bugungi kunda, Farg‘ona viloyatida 4 ta shahar, 15 ta tumanlarda yashovchi 3545,2 ming nafar aholidan 2627,7 ming qismi ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Bu esa umumiy aholi sonidan 74,1 foizni tashkil qiladi. Qolgan 25.9 % ya’ni 917.5 ming qismi alternativ suv manba’laridan (tashib kelinadigan ichimlik suv) foydalanib keladi.
Farg‘ona viloyatida jami 2612 dona er osti quduqlari mavjud;
Ichimlik suv tarmoqlarining umumiy uzunligi 6130.5 km;
Oqava suv tarmoqlarining uzunligi 811.2 km;
651 dona suv saqlash minoralari mavjud;
993 dona suv nasoslari mavjud.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29-mart kungi PQ-5386-sonli "Obod qishloq", "Obod mahalla" davlat dasturlari bo'yicha Farg‘ona viloyat “Suvoqava” davlat unitar korxonasi tomonidan qilingan ishlar ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
MA’LUMOTLAR
Фарғона вилояти куз-қиш мавсумига тайёргарлик
@sizdantelegram ФАРҒОНА – “Ичимлик суви икки кун бўлса, беш кун бўлмайди”
ФАРҒОНА. “Фарғона шаҳри 58-квартал аҳолиси номидан ёзмоқдамиз. Бизни кўпдан буён ичимлик суви муаммоси қийнаб келади. Ҳафтада икки кун...